O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga 2022 yil 9 oyi davomida fuqaro (iste`molchi)lardan jami 10777 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda Federasiya matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur ariza va shikoyatlarning 10 087 tasi ya`ni, 93,6 % ijobiy hal etilishi natijasida iste`molchilar foydasiga jami 34 444 266 276 (o`ttiz to`rt milliard to`rt yuz qirq to`rt million ikki yuz oltmish olti ming ikki yuz etmish olti) so`m etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Federasiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan kelib tushgan 72 ta murojaat asosida iste`molchilarning manfaatlarini ko`zlab sud organlariga da`vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 1 989 315 487 (bir milliard to`qqiz yuz sakson to`qqiz million uch yuz o`n besh ming to`rt yuz sakson etti) so`m moddiy va ma`naviy zararlar iste`molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Iste`molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga 4 853 ta (jami arizalarning 45,0 %), tabiiy gaz ta`minoti 1086ta (jami arizalarning 10,1 %), elektr ta`minoti sohasiga 980 ta (jami arizalarning 9,1%), kommunal xizmat ko`rsatish sohasiga 244ta (jami arizalarning 2,3%), suv ta`minoti sohasiga 373 ta (jami arizalarning 3,5 %), xizmat ko`rsatish (servis) sohasiga 357ta (jami arizalarning 3,3 %), transport sohasiga 180 ta (jami arizalarning 2,1 %), aloqa sohasiga 349 ta (jami arizalarning 3,2 %), sog`liqni saqlash sohasiga 231 ta (jami arizalarning 2,1 %) va boshqa sohalarga 1784ta (jami arizalarning 16,6 %) esa boshqa sohalarga to`g`ri keladi.






