AsosiyJamiyat

10 mingdan ortiq maktablarning uch mingga yaqinida oshxona mavjud emas - Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov

'10 mingdan ortiq maktablarning uch mingga yaqinida oshxona mavjud emas - Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov'ning rasmi

O`zbekistonda mavjud 10 mingtadan ortiq maktabdan uch mingga yaqinida oshxona mavjud emas. Bu haqda xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov 25 oktyabr bo`lib o`tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida ma`lum qildi.

Baxtiyor Saidovning ta`kidlashicha, barcha maktablardagi sharoitlarni bir xil darajaga olib chiqish rejalashtirilgan.

“O`zbekistonda 10 ming 100 ga yaqin maktablar mavjud bo`lib, ularda 5 million 200 ming nafar o`quvchi tahsil olmoqda. Hozirda 3000 taga yaqin maktabda oshxona mavjud emas. Milliy dasturimizga muvofiq, kelgusi 5 yil ichida 1 million 200 ming o`quvchi o`rni yaratish bilan birga, barcha maktablardagi sharoitlarni bir xil standartga olib kelishni belgilab olganmiz.

Bugungi kunda Qoraqalpog`iston va Xorazmda boshlang`ich sinflarni bepul, ya`ni davlat hisobidan ovqatlantirish tizimi yo`lga qo`yildi. Keyinchalik bu tizim boshqa viloyatlarda ham joriy etiladi. Qolaversa, barcha maktablarda oshxonalarni barpo qilish va autsorsing tizimini yo`lga qo`yish rejalashtirilgan”, – dedi vazir.

    Boshqa yangiliklar