Qurilishdagi talon-torojliklar aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Ma`lum qilinishicha, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.M.” MChJ norasmiy boshqarib kelgan D.A. va boshqalar Termiz markaziy dehqon oziq-ovqat bozorini qurilishida amalda bajarilmagan qurilish ishlarini qo`shib yozish orqali 538 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






