Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon modernizasiyadan so`ng Nurek GESining birinchi gidroagregatini ishga tushirdi. Uning quvvati 300 MVt dan 375 MVt ga oshdi.
Emomali Rahmon 300 megavatt quvvatga ega ushbu blok 1972 yilning noyabr oyida ishga tushirilgani, modernizasiyadan so`ng quvvati 375 MVtga etkazilganini ta`kidladi.
Uning ta`kidlashicha, bugun 50 yoshga to`lgan Nurek GESini reabilitasiya qilish loyihasini amalga oshirish 2019 yilning mart oyida boshlangan. Stansiyani modernizasiya qilish 10 yil ichida to`liq yakunlanishi rejalashtirilgan.
Loyihaning to`liq amalga oshirilishi natijasida Nurek GESi quvvati 375 MVtga, o`rtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 1,4 mlrd kVt/soatga oshadi.
Nurek GESi Markaziy Osiyodagi eng yirik GES bo`lib uning 300 metrlik to`g`oni dunyodagi eng baland ikkinchi to`g`ondir.






