AsosiyJamiyat

Prezident barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga o`z hududida tibbiyotni rivojlantirishga munosabat va yondashuvini tubdan o`zgartirib, bu masala bo`yicha jiddiy bosh qotirishi kerakligini aytdi

'Prezident barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga o`z hududida tibbiyotni rivojlantirishga munosabat va yondashuvini tubdan o`zgartirib, bu masala bo`yicha jiddiy bosh qotirishi kerakligini aytdi'ning rasmi

Prezidentimiz muhokama qilingan masalalarning barchasi faqat va faqat xalqimizni rozi qilishga qaratilganini ta`kidladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bois, barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga o`z hududida tibbiyotni rivojlantirishga munosabat va yondashuvini tubdan o`zgartirib, bu masala bo`yicha jiddiy bosh qotirishi kerakligi ko`rsatib o`tildi.

"Biz bugungi kunda inson hayoti, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlashni davlat siyosatining eng ustuvor yo`nalishiga aylantirmoqdamiz.

“Inson – jamiyat – davlat” degan qoidani hayotimizga joriy etmoqdamiz. 

Bu borada, hech shubhasiz, tibbiyot g`oyat muhim o`rin tutadi. Bu sohada masalaning katta-kichigi yo`q. Hammasi birdek muhim.

Barcha hokimlar, bu erda o`tirgan rahbarlar eshitib olsin: bir bemor odamni dardiga darmon bo`lib, uning sog`lig`ini tiklasak, hayotga qaytarsak, bilingki, bu bilan butun oilaning baxtini, kelajagini ta`minlagan bo`lamiz", dedi davlatimiz rahbari.

Ayni paytda Prezident respublika tibbiyot markazlari va viloyatlardagi tibbiyot muassasalarining shifikorlari bilan muloqot qilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar