Bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflardan kelib chiqib, yig`ilish yakunida Prezidentimiz Sog`liqni saqlash vazirligi va viloyatlar hokimlariga qator topshiriqlar berdi.
Jumladan:
- ikki oy muddatda 300 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish, kelgusi yil 1 martga qadar bunday tibbiyot punktlarini oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada ham barpo etish;
- 30 ta oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarini tashkil etib, ularni jihozlash, kelgusi yilda yana qo`shimcha 140 ta oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarini tashkil etish;
- ikki oy muddatda onalar va bolalar salomatligi bo`yicha uch yillik dasturni ishlab chiqish, unda tug`ruq bo`limlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, tug`ruq o`rinlarini bosqichma-bosqich ko`paytirish, bolalarda tug`ma nuqsonlarni oldini olish va erta aniqlash, maxsus dori vositalari bilan ta`minlash, Akusherlik-ginekologiya, Skrining va Reproduktiv salomatlik markazlarining yagona vertikal tizimini yaratishni nazarda tutish;
- xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokara o`tkazib, 640 ta tez yordam mashinasini xarid qilish;
- ikki oy muddatda barcha ixtisoslashgan markazlarda kamida 10 tadan yangi yuqori texnologik davolash usullarini joriy qilish bo`yicha dasturni qabul qilish;
- ikki oy muddatda tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo`yicha uch yillik dasturni ishlab chiqish, unda 1 ming 117 ta tibbiyot muassasini qurish va kapital ta`mirlash, 668 tasining ichimlik suvi, issiqlik tizimi va elektr ta`minotini yaxshilash, 1 ming 870 tasiga 38 mingta yangi tibbiy jihozlar etkazib berishni nazarda tutish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasiga hamshiralarni o`qitish va malakasini oshirish, mehnatiga haq to`lash miqdorini oshirish, umuman, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalalarini o`z ichiga olgan qaror loyihasini tayyorlashga topshiriq berildi.
26.10.2022 14:10
Prezident Sog`liqni saqlash vazirligi va viloyatlar hokimlariga qator topshiriqlar berdi






