AsosiyJamiyat

O`zbekistonda eng yaxshi kiberxavfsizlik tizimiga ega 20 ta tashkilot nomi e`lon qilindi

'O`zbekistonda eng yaxshi kiberxavfsizlik tizimiga ega 20 ta tashkilot nomi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda davlat va xo`jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta`minlanganligi holatining 2022 yil 3-choragi yakuniy natijalari bo`yicha reytingi e`lon qilindi. 

Unga ko`ra, reytingda birinchi o`rinni  Markaziy bank egalladi. Shuningdek, ikkinchi o`rinda Adliya vazirligi va uchinchi o`rinda esa Davlat bojxona qo`mitasi turibdi.

Umumiy top-20 talik reyting esa quyidagicha:

  1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki — 99,1 ball;
  2. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — 97,9 ball;
  3. O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi — 97,6 ball;
  4. "Asaka" aksiyadorlik tijorat banki — 95,5 ball;
  5. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi — 95,2 ball;
  6. "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki — 95,1 ball;
  7. O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat "Xalq banki" — 94 ball;
  8. "O`zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki — 93,6 ball;
  9. "Aloqabank" aksiyadorlik tijorat banki — 93,1 ball;
  10. "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki — 92,4 ball;
  11. Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 92,3 ball;
  12. Namangan viloyati hokimligi — 92,2 ball;
  13. O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 91,6 ball;
  14. "O`zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi — 91,4 ball;
  15. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi — 90,3 ball;
  16. "O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati — 90,3 ball;
  17. Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati — 90,2 ball;
  18. Farg`ona viloyati hokimligi — 89,8 ball;
  19. "O`zkimyosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi — 89,7 ball;
  20. O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi — 89.2 ball.

Ma`lum qilinishicha, baholash "Kiberxavfsizlik markazi"ning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga asoslangan. 

    Boshqa yangiliklar