AsosiyJamiyat

⚡️ Shahrisabz, Sariosiyo va Zomin aeroportlari qayta ishga tushiriladi. Shuningdek, O`zbekistonda 6 ta yangi yo`nalishda aviaqtnovlar yo`lga qo`yiladi

'⚡️ Shahrisabz, Sariosiyo va Zomin aeroportlari qayta ishga tushiriladi. Shuningdek, O`zbekistonda 6 ta yangi yo`nalishda aviaqtnovlar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Prezidentning “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko`ra:

- hududlarni bir-biri bilan o`zaro bog`lash maqsadida 2023 yil mart oyidan boshlab Samarqand-Nukus, Samarqand-Mo`ynoq, Samarqand-Termiz, Buxoro-Termiz, Namangan-Termiz va Namangan-Nukus kabi yangi yo`nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;

- Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish;

- aviaqatnovlar jadvalini yo`lovchilar uchun qulay bo`lgan temir yo`l, avtobus va mikroavtobus yo`nalishlari bilan integrasiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko`riladi.

Shuningdek, O`zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo`nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish muddati 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

    Boshqa yangiliklar