Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro muhandislik-texnologiya institutidagi dahshatli suiqasd uyushtirilgani bilan bog`liq xabar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi makur xabar yuzasidan ma`lumot berib, ayni paytda talaba shifoxonada ekanini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, u (Buxoro Muhandislik texnologiya institutining talabasi T.M) me`yoridan ortiq qon bosimini tushuruvchi dori vositalarini iste`mol qilganligi sababli zaharlanib, joriy yilning 26 oktyabr kuni shifoxonaga yotqizilgan.
"Bemorga malakali tibbiy yordam ko`rsatilgan va ayni paytda u shifoxonada davolanmoqda. Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko`zdan kechirilgan. Institut va boshqa ma`sul shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan. Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo`lib, natijasiga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi", — deyiladi xabarda.






