Ijtimoiy tarmoqlarda “Yunusobod” metro yo`nalishining Turkiston bekatida poezdlar eshigi bilan bog`liq muammo yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Toshkent metropoliteni” DUK holatga oydinlik kiritdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun soat 20:05 da Toshkent metrosining "Turkiston" bekatidan harakatlanishni boshlagan 62-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.
Belgilangan yo`riqnomaga asosan mashinist tomonidan yo`lovchilar bekatga tushirilgan. Harakat tarkibi esa, texnik ko`rikdan o`tkazish maqsadida shu bekatning tekshiruv yo`lagiga yuborilgan.
"Hozirda barcha poezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda", — deyiladi xabarda.






