“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filialining bergan xabariga ko`ra, bugun Yunusobod tumanining ayrim joylarida gaz ta`minoti vaqtinchalik o`chiriladi.
Ya`ni Yunusobod tumani A. Temur, Shahrisabz hamda Istiqlol ko`chalari kesishmasida joylashgan er osti d-219 mmli o`rta bosim gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan bo`lib, shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “S” 4-mavzedagi 35 ta ko`p qavatli uylarda, Kablukova ko`chasida hamda ushbu hududlardagi 20 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Shundan:
1. Nonvoyxona-2 ta
2. Umumiy ovqatlanish shoxobchasi-6 ta
3. Maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchasi-11 ta
4. “Issiqlik manbai” DUK-1 ta.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste`molchilardan uzr so`raydi, deyiladi xabarda.






