AsosiyJamiyat

⚡️Tadbirkorlarning noroziligidan xabar topgan Shavkat Mirziyoev Sardor Umurzoqovga topshiriq berdi

'⚡️Tadbirkorlarning noroziligidan xabar topgan Shavkat Mirziyoev Sardor Umurzoqovga topshiriq berdi'ning rasmi

Bir necha kun avval Respublika bo`ylab issiqxona xo`jaligi tashkil etgan tadbirkorlar kuz-qish mavsumida gaz etkazib berish to`xtatilishi haqida ogohlantirish olgani va ayrim hududlarda allaqachon issiqxonalarni gazdan uzish boshlab yuborilgani aytilgan edi. Bundan norzi bo`lgan ko`plab issiqxona egalari Vazirla Mahkamasi oldiga to`planishgan. Kuni kecha, 27 oktyabr kuni Energetika vazirligida Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Xo`jaev energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov bilan birga issiqxona faoliyatini tashkil etgan tadbirkorlarni qabul qilgan. Uchrashuvda gazdan uzib qo`yilgan issiqxona xo`jaliklarini zudlik bilan tabiiy gaz tarmog`iga ulash bo`yicha topshiriq berilgan.

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, issiqxonalarni gaz ta`minotidan uzish holati bo`yicha tadbirkorlarning noroziligidan xabar topgan Shavkat Mirziyoev zudlik bilan mazkur masalani ko`rib chiqish uchun Administrasiya rahbari Sardor Umurzoqovga tegishli topshiriq berdi.

Administrasiya rahbari boshchiligida o`tgan majlisda issiqxonalarni tabiiy gaz ta`minotidan ogohlantirishsiz uzish holatlari bo`yicha juda ko`p e`tirozlar bildirilayotgani, xususan 25 oktyabr kuni respublikaning turli hududlaridan issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to`plangani bo`yicha tegishli mas`ullar qattiq tanqid ostiga olindi.  

Jumladan, Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xo`jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari ushbu masala bilan umuman shug`ullanmagani uchun, tadbirkorlarning muammolariga echim topmagani uchun ular Prezident Administrasiyasiga kelishmoqda, dedi S.Umurzakov.

 

    Boshqa yangiliklar