AsosiyJamiyat

Farg`onada “Damas” avtomashinasini olib qochgan shaxs qo`lga tushdi

'Farg`onada “Damas” avtomashinasini olib qochgan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

IIVning xabariga ko`ra, 25 oktyabr kuni A.B. spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holda G`ishtmon mahalla hududida yashovchi orqali piyoda ketayotib, S.O.ni yashash xonadoni oldida eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirgan “Damas” rusumli avtomashinasini ko`rib, avtomashinaga o`tirib, kaliti o`zida bo`lganligidan foydalanib, uni boshqarib hodisa joyidan noma`lum tomonga ketib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo`shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yil yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar