AsosiyJamiyat

Nukus shahrining markaziy ko`chalarida drift uyushtirgan "shumaxer" topildi(video)

'Nukus shahrining markaziy ko`chalarida drift uyushtirgan "shumaxer" topildi(video)'ning rasmi

Nukusning markaziy ko`chalarida harakatlanib yurgan “shumaxerlar” qidirilayotgani haqida xabar berilgan edi. 

IIB tezkor surishtiruvlari natijasida "Koblt" avtomashinasining davlat raqamini echib qo`ygan holda qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi.  

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 22 oktyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida yo`lning qarama qarshi tomonida harakatlangani etmagandek,  drift ham uyushtirgan haydovchi 1986 yilda tug`ilgan Donyor Masharipov bo`lib chiqdi. Uning avtomashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib qo`yilgan.

Haydovchi o`sha kuni kafeda do`stlari bilan o`tirib, keyin shu qoidabuzarlikni sodir etganidan pushaymon ekanligini bildirdi.   

    Boshqa yangiliklar