AsosiyDunyo

Mark Sukerberg Rim papasi bilan uchrashdi

Vatikanda unutilmas uchrashuv yuz berdi. Rim papasi Facebook  ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerbergni qabul qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Sukerberg uchrashuvni “unutilmas” deya ta`rifladi. Siyosatchi bilan uchrashuvga ijtimoiy tarmoq asoschisi rafiqasi bilan birga tashrif buyurdi. 

Rim papasi va Sukerberg suhbat jarayonida axborot texnologiyalarini nochor hayot tarzi bilan kurashishda qo`llash yuzasidan fikr yuritishdi. 

Sukerberg Rim papasiga hurmat yuzasidan uncha katta bo`lmagan uchuvchisiz qurilmani hadya qildi. 

U uchrashuv taassurotlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yozib qoldirdi. Sukerberg Rim papasining samimiyligi va ochiqko`ngilligi va insonlarga beg`araz yordam berish istagini alohida ta`kidlab o`tdi.

Boshqa yangiliklar