Qamchiq dovonida 28 oktyabr kuni avtomobillar harakati vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi bo`limi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qamchiq dovonidan o`tgan A-373 Toshkent—O`sh avtomobil yo`lining 250-252-kilometrlari oralig`ida ta`mirlash ishlari olib borilayotgani bois avtomashinalar harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Ta`mirlash ishlari yakuniga etgach, harakat odatdagi tarzda davom ettirilishi ma`lum qilingan.






