Andijon tumani "Haqiqat" MFY Temir yo`li ko`chasi 37-uyda yashagan 28.03.1998 yilda tug`ilgan Olimov Axmadillo Muzaffar o`g`li joriy yilning 24 oktyabr kuni soat 18:00lar atrofida otasi Yuldashev Muzaffar Olimjonovichga tegishli bo`lgan oq rangli 60 V 611 SA raqamli Damas rusumli avtomashinada xonadonidan chiqib ketib bedarak yo`qolgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB boshlig`ining Matbuot kotibi xabar berdi.
Bedarak yo`qolgan fuqaroning belgilari: bo`yi 175-180 sm, qorachadan kelgan, gavdali, chap oyog`ining past boldir qismi orqa tomonida jarrohlik operasiyadan qolgan chandig`i bor.
Shu kuni fuqaro yashash xonadonidan chiqib ketayotgan vaqtida egnida oq rangli bo`g`ma jenfer, qora kamzul, oyog`ida qora rangli botinka, kulrang rangli jinsi shim bo`lgan.
"Ushbu bedarak yo`qolgan shaxsni ko`rganlar yoki u to`g`risida biron bir ma`lumotga ega bo`lganlar zudlik bilan quyidagi telefon raqamlariga 93-554-69-64, 74-373-13-02, 90-210-85-93 murojaat qilishingizni so`rab qolamiz" deyiladi xabarda.
28.10.2022 12:58
Andijonda uyidan "Damas"da chiqib ketgan fuqaro qidirilmoqda






