2022-2023-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko`rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o`quv adabiyotlari ro`yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilindi.
Ma`lum bo`lishicha, o`quv adabiyotlari ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o`quv adabiyotlar ro`yxati asosida shakllantirilgan.
Darsliklar ro`yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.