AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyatida arxeologiya meros ob`ektlariga yirik miqdorda zarar etkazilgani aniqlandi

'Qashqadaryo viloyatida arxeologiya meros ob`ektlariga yirik miqdorda zarar etkazilgani aniqlandi'ning rasmi

Madaniy meros agentligi tashabbusiga ko`ra Bosh prokuratura bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati hududida 3-18 oktyabr kunlari madaniy meros ob`ektlari holatini o`rganish ishlari olib borildi. O`rganish uchun 4 ta ishchi guruh tuzildi.

O`rganishda bir qator qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`yilgani aniqlandi.

Unga ko`ra, Qarshi tumanidagi 3 ta arxeologiya ob`ektlari buzilish yoki yo`q qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 1,488 mlrd so`m zarar etkazilgani aniqlandi.

Xususan, Qarshi tuman «Yangi hayot» MFY, V-VIII asrlarga oid «Do`ngtepa» arxeologiya merosi ob`ektining 9,5 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 228 mln so`m; «Qovchin» MFY, V-VIII asrlarga oid «Nomsiztepa (0,83 ga)” arxeologiya merosi ob`ektining 40 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 960 mln so`m; «Qovchin» MFY, I-XII asrlarga oid «Avliyotepa» arxeologiya merosi ob`ektining 12.5 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 300 mln so`mlik zarar etkazilgan.

Shuningdek, G`uzor tumanidagi 3 ta arxeologiya ob`ektlari buzilish yoki yo`q qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 1, 329 mlrd So`m zarar keltirilgan.

Masalan, G`uzor tuman «Mehnatobod» MFY, IX-XII asrlarga oid «Mergantepa» arxeologiya merosi ob`ektining 32,4 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 729 mln so`m; «Gulshan» MFY, V-VIII asrlarga oid «Nomsiztepa (Raimbobotepa)” arxeologiya merosi ob`ektining 25 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 600 mln so`mlik zarar etkazilgani aniqlandi.

Shu bilan birgalikda:

Yakkabog` tumanidagi «Chinobod» MFY, VIII asrga oid «Sinnontepa (1)” arxeologiya merosi ob`ektining 0,15 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 3,1 mln so`mlik zarar etkazilgan.

Koson tumanidagi «Narti chuqur» MFY, I-III asrlarga oid «Koson qal`a» arxeologiya merosi ob`ektining 16,72 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 401, 280 mln so`mlik zarar etkazilgan.

Kitob tumanidagi «Makrid» MFY, XV asrga oid «Kattakullitepa» arxeologiya merosi ob`ektining 62 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 1,488 mln so`mlik zarar etkazilgan.

Shahrisabz tumanidagi «O`rtaqo`rg`on» MFY, XI-XIII asrlarga oid «Qo`rg`ontepa» arxeologiya merosi ob`ektining 4,5 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 101,250 mln so`mlik zarar etkazilgan.

Shahrisaz shahridagi 2 ta arxeologiya ob`ektlari buzilish yoki yo`q qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 1,019475 mlrd so`m, masalan, «Yangiqishloq» MFY, XI-XIII asrlarga oid «Yangiqishloqtepa» arxeologiya merosi ob`ektining 13,31 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 299,475 mln so`m; XI-XIII asrlarga oid «Xontepa» arxeologiya merosi ob`ektining 30 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 720 mln so`mlik zarar etkazilgan.

Shuningdek, 2532 (ikki ming besh yuz o`ttiz ikki) dona arxeologik ashyolar Yakkabog` tumanidagi Xo`ja Valiy Ansoriy masjidida saqlanib kelinayotganligi aniqlandi.

Viloyat bo`yicha jami 12 ta arxeologiya merosi ob`ektlari buzilishi yoki yo`q qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 5, 830 155 mlrd. so`mlik zarar etkazilgan.

    Boshqa yangiliklar