1

Italiya qirg`oqlaridan bir sutka davomida 6,5 ming nafar qochoq qutqarildi

Dunyo 30.08.2016, 14:30
Italiya qirg`oqlaridan bir sutka davomida 6,5 ming nafar qochoq qutqarildi

Italiya qirg`oqlarini qo`riqlovchi xizmat xodimlari Sisiliya bo`g`ozida bir sutka davomida 40 ta qutqaruv ishlarini olib borib, falokatga uchragan 6,5 ming nafar qochoqni o`limdan qutqardi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

So`nggi to`rt kun mobaynida  Liviya va Italiya oralig`idagi dengiz qirg`oqlarida patrul xizmatini o`tayotgan kemalar 10 mingga yaqin qochoqni ajal komidan qutqargan. Maxsus operasiyalarni o`tkazishda Italiya harbiy dengiz kuchlari, qirg`oq qo`riqchilari, Evropa Frontex chegara agentligi hamkorlikda ish olib borgan. 

Frontex rahbari Fabris Lejjerining ma`lumot berishicha, 2016 yilning boshidan beri Evroittifoq hududiga 360 mingdan ziyod nolegal muhojirlar kirib kelgan. Uning so`zlariga qaraganda, Italiya qirg`oqlariga har kuni 750 nafar, Gresiya hududiga esa 50 nafar nolegal qochoqlar kirib kelmoqda. “Ular qayiqlarga ko`pchilik bo`lib mingani bois, manzilga etmay, cho`kib ketishmoqda. Bu narsa qurbonlar sonini oshirmoqda. Bundan tashqari kontrabandachilar qayiqlariga etarli darajada yoqilg`i quyishmaydi”, dedi Lejjeri. 

Qochoqlar mingan qayiqlar Liviya hududidan chiqishi bilanoq falokat signalini beradi. “Odamlarning cho`kayotganini xotirjam kuzata olmaymiz, darrov yordamga otlanamiz. Boshqa tomondan esa noqonuniy ravishda odam tashiyotgan qayiqchilarning jinoyatkorona yo`l tutayotganini oqlamaymiz. Bu borada muvozanat saqlashning o`zi qiyin narsa”, deb ta`kidladi Lajjeri.

O`rtaer dengizi yo`nalishi — muhojirlarni Evropaga etkazishning eng asosiy yo`llaridan biridir. Bolqon (Turkiya va Gresiya orqali) yo`nalishining yopilganligi sabali muhojirlarning Evroittifoqqa Shimoliy Afrika va Italiya orqali kirib kelishi kuchayib, qochoqlar oqimi ko`paygan. 2014 yildan beri bu yo`nalishda  6000 nafar qochoq halok bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1