O`zgidromet bosh direktori Sh.Habibullaev o`zining feysbukdagi sahifasida 30-31 oktyabr kunlari respublika hududlari ob-havosini Volgabo`yi hududlaridan kirib kelishi kutilayotgan nam va sovuq havo massalari belgilashini ma`lum qildi.
Xabarda yozilishicha, 30 oktyabr respublika bo`ylab, 31 oktyabr Farg`ona vodiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutiladi. Ba`zi joylarda yog`inlar jadal va ko`p yog`ish xususiyatiga ega.
Mazkur ikki kunlikda harorat joylarda +10 +13 darajaga iliqni tashkil etadi. Tog`larda qor yog`adi, deyiladi xabarda.
29.10.2022 14:29
Oktyabrning so`ngi kunlarida bizni qanday ob-havo kutayotgani ma`lum qilindi
