2022 yil 25 oktyabr kuni soat taxminan 22:30larda Urgut tumani “G`o`s” mahallasi hududidan o`tuvchi ichki yo`ldan haydovchi A.O. boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashinani “G`o`s” mahallasi yo`nalishi bo`yicha tezlikni me`yoridan ortiq boshqarib borib, ushbu yo`lning qatnov qismidan piyoda harakatlanib ketayotgan 4 nafar fuqarolarni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2 nafar piyodalar og`ir tan jaroxati olib Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan, 2 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






