AsosiyJamiyat

Qidiruvdagi “Captiva” Urganchdan topildi

'Qidiruvdagi “Captiva” Urganchdan topildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruv e`lon qilingan “Captiva” rusumli avtotransport vositasi Urganch tumani hududidan topilgan.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Bog`ot tumanlararo sudining qarzdor Yu.Sh.dan ATB "Agrobank" Xorazm filiali foydasiga jami 325.984.000 so`m kredit qarzini undirish, undiruv sherik javobgar Q.J.ga tegishli bo`lgan «Kaptiva» rusumli avtomashinaga qaratilishi to`g`risidagi ijro varaqasi Byuroning Yangiariq tumani bo`limi ish yurituviga kelib tushgan.

Sherik javobgar avtomashinani yashirgan. Natijada, qidiruv e`lon qilingan edi.

Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho`basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2022 yilning 28 oktyabr kuni mazkur qidiruvdagi avtomashina Urganch tumanida joylashgan ustaxona omboriga yashirib qo`yilganligi aniqlanib, xatlandi.

Hozirda yuqoridagi transport vositasini elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar