Kecha Janubiy Koreya poytaxti Seulda Xellouin bayramida yuz bergan tiqilinch oqibatida kamida 120 kishi halok bo`lgani, 150 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
"The Korea Herald" saytining qo`shimcha ma`lumot berishicha, halok bo`lganlarning 100 dan ortig`i shifoxonaga etkazilgan. Qolgan jasadlar yaqin atrofdagi gimnaziyaga ko`chirilgan. Rasmiylarga ko`ra, marhumlarning shaxsini aniqlash biroz vaqt talab etadi.
Halok bo`lganlarning aksariyati 20 yosh bo`lib, rasmiylar qurbonlar soni kun davomida ortib borishini ma`lum qilgan.
Qayd etilishicha, yakshanba kuni soat 10:30 holatiga ko`ra halok bo`lganlar orasida 19 nafar xorijlik borligi tasdiqlandi. Halok bo`lgan xorijiy fuqarolar orasida Eron, O`zbekiston, Xitoy va Norvegiya fuqarolari ham bor.
Hozirda qurbonlar soni 97 nafar ayol va 54 nafari erkakni tashkil etmoqda.






