AsosiyDunyo

O`zbekistonning Koreyadagi elchixonasi Seuldagi fojeada o`zbekistonlik ham halok bo`lganini tasdiqladi

'O`zbekistonning Koreyadagi elchixonasi Seuldagi fojeada o`zbekistonlik ham halok bo`lganini tasdiqladi'ning rasmi

"The Korea Herald" sayti  29 oktyabr kuni Seul shahrining Itaevon ko`chasida sodir bo`lgan fojeada halok bo`lganlarning orasida o`zbekistonlik ham borligi haqida xabar bergan edi. 

O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi  voqealar oqibatida halok bo`lganlar haqda bayonot berdi.

Ta`kidlanishicha 13:00 holatida mavjud ma`lumotlarga ko`ra, Itaevon ko`chasida sodir bo`lgan mudhish voqeada bir nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etgan.

Elchixona halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirmoqda. 

    Boshqa yangiliklar