AsosiyJamiyat

O`zbekistonda eng ko`p maosh oladigan soha vakillari ma`lum qilindi

'O`zbekistonda eng ko`p maosh oladigan soha vakillari ma`lum qilindi'ning rasmi

2022 yil yanvar—sentyabr oylarida O`zbekistondagi o`rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so`mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 24,9 foizga o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar berdi.

Unga ko`ra, tarmoqlar bo`yicha eng yuqori maoshlarni quyidagi soha vakillari olmoqda:

Dasturlovchilar – 10,4 mln so`m.

Bank, moliya va sug`urta sohalarida faoliyat olib borayotganlar — 9,73 mln so`m.

Axborot va aloqa sohasida ishlayotganlar –  6,97 mln so`m.

 Tashish va saqlash sohasi egalari – 4,85 mln so`m.

Eng kam daromad sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,51 mln so`m) va ta`lim (2,59 mln so`m) sohalarida qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar