Surxondaryo viloyati IIB JXX PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta`minlash bo`linmasi xodimlari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi bo`yicha viloyatning manfaatdor tashkilotlari bilan hamkorlikda qo`shma reyd tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`tkazilgan tadbirlar natijasida viloyat hududidagi bozorlar va bozor atrofida ovqatlanish shoxobchalarida tekshiruv tadbirlari o`tkazilishi natijasida 7 nafar fuqarolarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 109 moddasiga asosan har biri 150 000 (bir yuz ellik ming) so`mdan jami 1 050 000 (bir million ellik ming) so`m jarimaga tortildi.

“Iste`molga yaroqsiz” deb topilgan 130 kg go`sht va go`sht mahsuloti, 105 dona tuxum, 30 kg sut, 8 kg baliq, 47 kg tuzlama mahsulotlar hamda 28.5 kg noma`lum sharoitda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda yo`q qilindi.

Viloyat hududida iste`molga yaroqsiz mahsulotlarni aniqlashga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.






