Azimjon Qurbanbaev Qoraqalpog`iston Respublikasi qurilish vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Qurilish vazirligi xabar berdi.
Bunga qadar u Qoraqalpog`iston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Arxitektura rejalashtirish byurosi bosh muhandisi lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin Beruniy tumani hokimi o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.






