AsosiyJamiyat

Kuz simfoniyasi: Kuchli yomg`ir, nam havo, tuman, 25 daraja issiq...

'Kuz simfoniyasi: Kuchli yomg`ir, nam havo, tuman, 25 daraja issiq...'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi 31 oktyabrdan  4 noyabrga qadar O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun respublika hududi bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.Havo harorati kunduzi 13-18° ni tashkil etadi, janubda va cho`l hududlarda 19-21° gacha bo`ladi.

Ertaga respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog`iston Respublikasi va kechga tomon Xorazm viloyati bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. O`zbekistonning qolgan hududlarida quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 16-21° ni tashkil etadi, janubda va cho`l hududlarida 23-25° gacha bo`ladi.

Chorshanba kuni mamlakatimizning barcha hududlari nam havo massalari ta`siri ostida bo`ladi. Respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Shimoli-g`arbiy hududlarda biroz yomg`ir yog`adi. Kunduzgi harorat 12-17° gacha pasayishi kutilmoqda.

Payshanba va juma kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg`ir yog`adi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 5-10° ni, kunduz kunlari 12-17° ni tashkil etadi.

31 oktyabr 2 noyabrda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar