“Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti direktori o`rinbosari Hamid Abduraimov AOKAda o`tkazilgan brifingda sosiologik tadqiqot natijalarini e`lon qildi.
Tahlillar joriy yilning 8 avgustdan 15 sentyabrga qadar barcha hududlarda, 15 ta shahar, 33 ta tuman va 204 ta mahallada o`tkazildi.
Tadqiqot natijalariga ko`ra, O`zbekistondagi ayollarning 47,3 foizi 4 nafar, 38,6 foizi 3 nafar farzandli bo`lishni rejalashtirishgan.
Har ettinchi xotin-qizlar (15,3 %) 2 nafar farzand bitta oila uchun etarli degan fikrda. Bunday javob ko`proq oliy ma`lumotli ayollarda qayd etildi.
Xotin-qizlarning 64,4 foizi homiladorlikdan saqlanish to`g`risida etarli darajada, 13,1 foizi qisman xabardor, 22,5 foizi umuman ma`lumotga ega emas.
Har o`ninchi holatda (9,3 %) kuzatilgan istalmagan homiladorlik himoyalanish vositalari taqchilligi tufayli yuzaga kelgan.






