AsosiyJamiyat

Internetda tarqalgan “zelyonka” sepib do`pposlangan fuqaro haqida IIBB rasmiy ma`lumot berdi

'Internetda tarqalgan  “zelyonka” sepib do`pposlangan fuqaro haqida IIBB rasmiy ma`lumot berdi'ning rasmi

Internet tarmog`ida noma`lum shaxslar, fuqaroni urayotganligini aks etgan videolavhalar tarqalmoqda. Holat yuzasidan IIBB rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha,  joriy yilning 12 oktyabr kuni taxminan soat 21.00 larda 2003 yilda tug`ilgan J.R., 2001 yilda tug`ilgan Sh.A. va 2005 yilda tug`ilgan R.A.lar, telegram-bot orqali giyohvandlik moddalarni tarqatish bilan shug`ullangan 2003 yilda tug`ilgan A.B. bilan Mirobod tumanida uchrashuv belgilashgan. Shundan so`ng, uni Bo`stonliq tumaniga olib borib, uni urib, tan jarohati etkazishgan va ustiga “zelyonka”  sepishgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi (“Odam o`g`irlash”) va 105-moddasi 2-qismi (“Qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llangan.

Tergov jarayonida J.R., Sh.A. va R.A.lar shunga o`xshash boshqa bir qancha jinoyatlarni sodir etishga aloqadorligi aniqlangan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar