1

Denis Italiyadagi turnirda bosh sovrinni qo`lga kiritdi

Sport 31.10.2022, 21:26
Denis Italiyadagi turnirda bosh sovrinni qo`lga kiritdi

Italiyaning Bolsano provinsiyasi Urtijëi shaharchasida o`tkazilgan tennis bo`yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.

Turnirning juftlik bahslarida o`zbekistonlik Denis Istomin rossiyalik Evgeniy Karlovskiy bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Sportni rivojlantirish vazirlining ma`lum qilishicha, Istomin va Karlovskiy juftligi 1 soatu 11 daqiqa davom etgan final uchrashuvida ispaniyalik Serxio Martos Gornes hamda italiyalik Marko Bortolotti tandemini 6/3, 7/5 hisobida mag`lub etdi.

Shu tariqa, Denis turnir bosh sovrinini qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1