FVVning bergan xabariga ko`ra, kecha, 31 oktyabr kuni soat 17:20 da Toshkent viloyati Zangiota tumani FV bo`limiga Zangiota tumani Nazarbek hududi “Mevazor” mahallasida joylashgan uylarning birida yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 17:34 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 17:42 da o`rab olingan va soat 17:50 da to`liq bartaraf etilgan.
Qutqaruvchilar yong`inni bartaraf etish chog`ida alanga ichida qolib ketgan 1978-yilda tug`ilgan fuqaroni qutqarib, uning hayotini saqlab qolganlar. Shuningdek, ularning sa`y-harakatlari natijasida xonadonning 250 metr kvadrat maydoni yong`indan saqlab qolingan.
Fuqaro tez-tibbiy yordam orqali shifoxonaga yuborilgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
01.11.2022 04:37
Toshkentda yong`in ichida qolgan odam qutqarildi






