1

Olimlar inson organizmi uchun anchayin xavfli bo`lgan yangi gripp haqida ma`lumot berishdi

Salomatlik 01.11.2022, 11:38
Olimlar inson organizmi uchun anchayin xavfli bo`lgan yangi gripp haqida ma`lumot berishdi

Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanalida yangi gripp haqida ma`lumot berildi. 

Qayd etilishicha, dunyoning ko`plab hududlarida mavsumiy gripp xastaligi keng tarqalayotgan bir pallada olimlar yangi gibrid viruslar paydo bo`lganidan xavotirda.

Eng yomoni, ushbu yangi mutasiyalar inson immunitetiga oson "chap bera oladi". Ya`ni organizmda gripp infeksiyasiga qarshi antitanalar shakllangan bo`lsa-da, ularni qiyinchiliksiz chetlab o`tib, sog`lom hujayralarni zararlaydi. 

Mutaxassislarning izoh berishicha, ikki virusning birlashishi fanda koinfeksiyalar deb ataladi. Biroq Shotlandiyaning Glazgo universiteti olimlari tomonidan inson o`pkasida o`tkazilgan tajribalar davomida viruslar bir-biri bilan raqobatlashmasligi, aksincha kuchlarini birlashtirib, yanada xavfli tus olishi aniqlandi.

Biz so`z yuritayotgan gibrid gripp infeksiyalari shu tariqa shakllangan va olimlar hali bunday virusga duch kelishmaganini ta`kidlamoqda.

Xavotirli jihati, ushbu chatishgan xastalik aksariyat hollarda pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Ya`ni infeksiya oqibatida o`pka to`qimalari yallig`lanib, uning bo`shlig`i suyuqlik bilan to`lishi kuzatiladi. Oqibatda bemorning nafas olishi og`irlashib, hayoti xavf ostida qoladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1