AsosiyDunyo

Rossiya raketa hujumlaridan himoyalanish uchun Ukrainaga G`arbning yordami kamlik qilmoqda

'Rossiya raketa hujumlaridan himoyalanish uchun Ukrainaga G`arbning yordami kamlik qilmoqda'ning rasmi

Ukraina G`arbdan havo hujumiga qarshi tizimlarni ko`proq etkazib berishni so`ramoqda. Bu Rossiya raketa hujumlari kuchaygani fonida yuz bermoqda. Bu haqda "Zamon.uz"  "Bi-bi-si"ning rus xizmatiga tayanib xabar berdi.  

Xususan, Ukraina televideniyasidagi chiqishida mamlakat harbiy-havo kuchlari qo`mondonligi rasmiy vakili Yuriy Ignat bu haqda gapirgan.

"Bizga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari kerak. Biz ko`p gapirgan Germaniyaning IRIS-T tizimlaridan ko`proq zarur", — degan u.

Hozirgi vaqtda Berlin qo`shimcha yana bir dona IRIS-T etkazib bergani ma`lum qilingan. Ignatning so`zlariga ko`ra, bu tizimlari to`liq ishlamoqda. Shu bilan birga rasmiy vakil Amerikaning NASAMS tizimlaridan ikki batareya berilayotganini, ammo bu etarli emasligini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar