Joyida to`lovlar, QR-kod orqali to`lov, Telegram kanallarida to`lov – barcha to`lovlarni fiskallashtirish bo`yicha texnik ishlar olib borilayotgani sababli vaqtincha ishlamaydi, deya xabar berilmoqda Payme telegram kanali.
Ta`kidlanishicha, 2022 yil 1 noyabrdan Davlat soliq qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan onlayn kassa mashinalari, to`lov tashkilotlari va fiskal ma`lumotlar operatori o`rtasidagi o`zaro hamkorlik sxemasi kuchga kirgan. Tasdiqlangan o`zaro hamkorlik sxemasidan chetga og`ishlar soliq organlari tomonidan sanksiyalar qo`llanilishiga olib keladi.
" Ushbu vaziyat tufayli bizning jamoamiz shoshilinch ravishda texnik ishlarni amalga oshirishi va quyidagi xizmatlarni vaqtincha o`chirib turishi talab etiladi: joyida to`lovlar, QR-kod orqali to`lov, Payme GO, Telegram-kanallaridagi to`lov va ba`zi boshqa to`lovlar.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va imkon qadar tezroq Payme dagi sevimli funksiyalaringizni qaytadan foydalanishga topshirish ustida ish olib bormoqdamiz", – deyladi ma`lumotda.
O`zbeksitonda onlayn to`lovlarga chek qo`yilishi jamoatchilik tomonidan e`tirozlarga uchramoqda.
" QR-kod to`lovlar tadbirkorlar uchun elektron to`lovlarni qabul qilish uchun eng arzon imkoniyat edi. Chunki hech qanday xarajatga olib kelmagan — to`lov tizimiga ulanib, printerda QR-kodni chiqarib qo`yib, naqdsiz to`lovlarni qabul qilsa bo`lardi. Naqd puldan qochish uchun yaxshi imkoniyat edi, endi yana tadbirkorga ortiqcha xarajat, iste`molchiga jabr.
Go`yoki yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo`lida tanlangan ushbu chora Davlat soliq qo`mitasining "qonun talablari asosida ishlashimiz kerak", degan aqlli bayonotlari bilan xaspo`shlansa kerak.
Yana onlayn xizmatlar, onlayn to`lovlar tizimi rivoji zarar ko`radi, odamlar o`z-o`zidan naqd pul bilan muomala qilishga o`tadi, bir-ikki "aqllining tashabbuslari"ni deb shuncha ish bir joyga tiqiladi. O`zidan tushovi qimmatga aylanmasa go`rga edi", – deya o`z munosabatini bildirdi davletovuz.






