AsosiyJamiyat

Soliq qo`mitasi O`zbekistonda onlayn to`lovlarga chek qo`yilishining sabablariga aniqlik kiritdi

'Soliq qo`mitasi O`zbekistonda onlayn to`lovlarga chek qo`yilishining sabablariga aniqlik kiritdi'ning rasmi

Elektron to`lov tashkilotlarining Davlat soliq qo`mitasi bilan integrasiyasi tufayli ularning xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Davlat soliq qo`mitasi ushbu xabarlarga aniqlik kiritgan holda qo`yidagilarni ma`lum qildi.  

Ta`kidlanishicha, Prezident qarori bilan o`lov tizimlari operatorlari o`z to`lov tizimlarini onlayn-NKMiga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga 2022 yil mart oyidan  integrasiyalashni ta`minlash talabi o`rnatilgan.

"Ushbu maqsadda to`lov tashkilotlari bilan tizimli ishlar amalga oshirilib, joriy yilning mart oyidan shu kunga qadar 12 marotaba uchrashuvlar tashkillashtirilgan.

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to`lov tizimi orqali elektron fiskal chek taqdim qilish tartibi belgilangan.

Xususan, mavjud 48 ta elektron to`lov tashkilotidan 25 tasi fiskal ma`lumotlar operatoriga integrasiyani to`liq yakunlagan.

Aytish joizki, hozirgi kunda xaridlar uchun to`lovlarni  aksariyat hollarda P2P (kartadan kartaga o`tkazish) qilish kuzatilmoqda.

Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda axborot texnologiyalari vositasida iste`molchilar, tadbirkorlik sub`ektlari va davlat soliq xizmati organlarining uyg`unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

Raqamlashtirish bilan bog`liq amaliy tajriba iqtisodiy faollikni oshirish va qonuniy faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlarni himoya qilish ta`minlanganligini ko`rsatdi.  

O`tgan yilning mos davriga nisbatan xarid cheklari soni 185%ga xarid summasi esa 176% ga oshdi. Bu raqamlarni yashirin iqtisodiyotni soyadan chiqarish natijalari deb olish mumkin.

Shu o`rinda 1,5 mln nafardan oshiq fuqarolar huquqlari kafolatlanishi ta`minlandi  (yarim trln so`m dan ortiq keshbek to`landi)", - deyiladi rasmiy munosabatda.

    Boshqa yangiliklar