AsosiyJamiyat

Rossiyaning Ukrainaga chegaradosh hududlaridagi talabalarning o`qishini O`zbekistonga ko`chirishga ruxsat berildi

'Rossiyaning Ukrainaga chegaradosh hududlaridagi talabalarning o`qishini O`zbekistonga ko`chirishga ruxsat berildi'ning rasmi

Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federasiyasining (Ukraina bilan chegaradosh) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O`zbekiston fuqarolarining o`qishini O`zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko`chirishga ruxsat berildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda. 

Unga ko`ra:

  •  talabalarning o`qishi ularning arizalariga muvofiq doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTMning mos va turdosh (mos va turdosh bo`lmagan taqdirda mazmunan yaqin bo`lgan) ta`lim yo`nalishiga ko`chiriladi;

 

  •  o`qishni ko`chirish bo`yicha arizalar 2022 yil 1 noyabrdan 20 noyabrga qadar (shu kuni ham) Davlat test markazining my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federasiyasidan o`qishni ko`chirish” bo`limi) orqali qabul qilinadi;

 

  • ️ talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 2022 yil 25 noyabrdan 15 dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

 

  •  talabalarning o`qishini ko`chirishga ruxsat berish bo`yicha qaror respublika OTMlarining idoraviy bo`ysunuvidan qat`i nazar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

 

  •  fuqarolarning Rossiya Federasiyasidagi muayyan OTMda haqiqatda o`qiyotganligi aniqlanmasa ularning o`qishi ko`chirilmaydi;

 

  • ️ o`qishi ko`chirilgan talabalarning o`qishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023 o`quv yili davomida bepul topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar