AsosiyJamiyat

Buxoroda fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi

'Buxoroda fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Buxoro viloyati Buxoro tumanida fuqaro uyiga o`rnatilgan isitish pechidan tabiiy gaz sizib chiqishi oqibatida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 30 oktyabr kuni soat 16:13 larda Buxoro tumani, "Shergiron" mahallasida yashovchi S.S. uyning yotoqxonasida o`rnatilgan, qo`lbola usulda temirdan yasalgan isitish pechidan tabiiy gaz sizib chiqishi oqibatida is gazidan zaharlanib vafot etganligi aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar