AsosiyJamiyat

1 noyabrdan qonunchilikda nimalar o`zgardi?

'1 noyabrdan qonunchilikda nimalar o`zgardi?'ning rasmi

Tibbiyot yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalar ishga joylashtiriladi

Shifokorlarga bo`lgan ehtiyojni aniqlagan holda respublikaning barcha hududlarida mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari ko`riladi.

O`zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatida o`tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro`yxatga olinadi.

Bunda, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatida mazkur tizimda ro`yxatga olinmagan tekshiruvlarni o`tkazish noqonuniy hisoblanadi.

Ko`p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo`shimcha ob`ekt qurish taqiqlanadi

Qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiyasi) tugallangan ko`p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so`ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash er uchastkasini kamaytirish va tutash er uchastkasida qo`shimcha ko`p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo`lmagan ob`ekt qurish uchun o`zgartirish kiritish taqiqlanadi.

Tomorqa er egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Tomorqa er uchastkalari egalarini kooperasiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlarga Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi hisobidan BHMning 20 baravarigacha (6 mln so`mgacha) miqdorda hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan subsidiya ajratiladi.

Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy ma`lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi

Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi to`g`risidagi tibbiy ma`lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va yo`l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integrasiya qilinadi.

Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun iste`mol krediti ajratiladi

IT-park rezidenti bo`lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o`quv kurslarini so`nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so`mgacha) iste`mol kreditlari ajratiladi.

Tadbirkorlik sub`ektlarining eksport salohiyati kengaytiriladi

Bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o`tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo`llanilmaydi.

«Korobka» holatdagi uy-joylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat beriladi

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo`lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo`yicha va ipoteka krediti bo`yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to`lashga ruxsat beriladi.

O`zini o`zi band qilgan shaxslar shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari kengaytiriladi

Yana 10 ta faoliyat turi o`zini o`zi band qilgan shaxslar shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro`yxatga kiritiladi.

O`z-o`zini ish bilan ta`minlovchilar uchun kengaytirilgan tadbirlar ro`yxati:

            — avtomobil bozorlarida vositachilik xizmatlari;

            —rieltorlik xizmatlarini ko`rsatish;

            —uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo`yicha xizmatlar;

            —uy-ro`zg`or buyumlarini ijaraga berish xizmatlari (stol va stullar,                 idish- tovoqlar, jihozlar va boshqalar);

            —gips va ganchdan mahsulotlar ishlab chiqarish (uy-ro`zg`or buyumlari, qahramonlar                 haykallari);

            —tosh va toshdan yasalgan buyumlardan yodgorliklar, suvenirlar va bezak buyumlari                 ishlab chiqarish;

            —to`quv savatlari, non mahsulotlari va boshqa yog`och mahsulotlari uchun maxsus                 idishlar;

           —shaxsiy tomorqalarda uy sharoitida pilla, tut nihollari va ko`chatlari                 etishtirish, shuningdek, uyda ipak gazlama va shoyi gilam to`qish va sotish;

            —kulolchilik.

 

Uy-joy sotib olish uchun subsidiyalarni soddalashtirilgan berish

Nikoh tuzish uchun arizalarni DHM orqali qabul qilish eksperimenti o`tkaziladi.

Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo`yicha huquqiy eksperiment o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar