Gidrometeorologiya xizmati markazi noyabr oyi uchun uzoq muddatli ob-havo prognozini e`lon qildi.
Xizmat markazi sinoptiklari oyning birinchi o`n kunligi boshi nam va yomg`irli, keyinroq sovuqroq havo bilan almashinishini ma`lum qildi.
Odatda, noyabr oktyabrdan harorat bo`yicha 5-7 daraja past kuzatiladi. Demak, mazkur oyda yog`inlarning qorga aylanib ketishi odatiy hol.
Noyabrda respublika bo`ylab harorat ayrim hududlarda me`yor atrofida, ko`plab hududlarda esa me`yordan 1-1,5 daraja past kutilmoqda. Shimolda esa kutilmalar me`yordan 2 darajagacha past bo`lishi kutilmoqda.
Yog`inlar bo`yicha esa oylik yog`ingarchilik me`yordan kam kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Ayrim hududlarda esa me`yoriy yog`inlar bo`lishi ma`lum qilinmoqda.
Oyning sovuq davrida yog`inlar respublika bo`ylab qor ko`rinishida yog`ishi mumkin, deyiladi xabarda.
02.11.2022 05:45
Noyabrda bizni qanday ob-havo kutmoqda?






