Mazkur sovuq va nam havo oqimi Qozog`iston shimoli orqali asta-sekin 3-4 kunlikda mintaqani tark etadi. Tark etishgacha bo`lgan davrda O`zbekistonning ko`plab hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`inlar yog`ib turadi.
Ammo ortidan yuqori bosimli bir uchi hozirda arktik mintaqaga borib taqaladigan antisiklon chet qismi mintaqaga kirib kelishi mumkin.
O`zgidromet ham noyabr oyining birinchi o`n kunligi oxirgi sanalarida sezilarli sovuqlar tushishi mumkin deb shu vaziyatni nazarga tutgan.
Aytmoqchi, kecha tongda sovuq arktik oqim qutbiy Chukotka g`arbida tarixiy rekord sovuqni taqdim etdi. Chukotka g`arbida 1 noyabr uchun havo harorati hech qachon -40 daraja sovuqqa tushmagan. Kecha esa bu ko`rsatkich -41 daraja sovuqni tashkil etib, rekordni yangilab qo`ydi. Boshqacha aytganda, sutkalik harorat me`yordan qariyb 18 daraja past kuzatildi.
Yuqoridagi makrosinoptik vaziyatlardan kelib chiqib, noyabr oyining ikkinchi o`n kunligi boshlarida O`zbekistonning katta qismida tunlari harorat nol darajadan pasayishi kutilmoqda. Mavsum uchun birinchi sovuq kunlar.
Albatta, birinchi sovuq mavsum uchun ko`plab tarmoqlar hozirdan tayyorgarlikni boshlashi zarur. Ayniqsa, qishloq xo`jaligi va energetika tarmoqlari.
02.11.2022 06:28
"O`zgidromet" aholini noyabr oyining birinchi o`n kunligida kutilayotgan sovuq ob-havodan ogohlantirdi






