AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 6 ta hududida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning 6 ta hududida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buhoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yomg`ir, qor bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar