1

Bahodir Jalolov navbatdagi jangini AQShda o`tkazadi

Sport 03.11.2022, 14:12
Bahodir Jalolov navbatdagi jangini AQShda o`tkazadi

Professional boksning super og`ir vazn toifasida ringga chiqayotgan Bahodir Jalolov (11-0, 11 KO) o`zining navbatdagi jangini 26 noyabr kuni AQShda o`tkazadi. Bu haqda Go Sport xabar bermoqda.

Kaliforniya shtatining Karson shahrida bo`lib o`tadigan boks oqshomida Jalolovga Kyortis Harper raqiblik qiladi. 188 sm bo`yga ega Kyortis Harper shu vaqtga qadar prof boksda 22ta jang o`tkazgan bo`lib, 14 bor g`alaba qozongan (9 nokaut), 8 marta mag`lubiyatga (3 nokaut) uchragan.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangi Rejis Progreys va Xose Sepeda super engil (-63,5 kg) vaznining WBC yo`nalishi bo`yicha jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1