AsosiyJamiyat

Samarqand shahar prokurori tadbirkorlarga qarshimi?

'Samarqand shahar prokurori tadbirkorlarga qarshimi?'ning rasmi

Samarqand viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shahar prokurori B.Obloqulovning xatti-harakatlariga oid xabarlar bo`yicha rasmiy bayonot berdi.

Xabarlarda prokuror tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashayotgani qayd etilgan.

O`rganishlar natijasida aniqlanishicha,  “Samarqand Siyob Savdo” unitar majmuasida savdo faoliyati joriy yilning 5-20 sentyabr kunlari vaqtincha cheklanganligi aniqlangan.  

Prokuratura bayonotida ushbu cheklanishga asos qilib Samarqand shahrida joriy yilning 15-17 sentyabr kunlari ShHT davlatlari sammiti o`tkazilishi munosabati bilan Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining 2022 yil 31 avgustdagi qarorining 5-bandi keltirilmoqda. Ushbu bandda M-37A “Samarqand xalqa yo`li “ avtomobil yo`lining 40-43 km.lari oralig`i  5-20 sentyabr kunlari vaqtincha cheklov qo`yilgan. “Samarqand Siyob Savdo” unitar majmuasi esa o`sha oraliqda joylashgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar