AsosiyJamiyat

Prezident standartlashtirish to`g`risida yangi qonunni imzoladi

'Prezident standartlashtirish to`g`risida yangi qonunni imzoladi'ning rasmi

“Standartlashtirish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–800, 03.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vaziriligi xabar berdi.

Qonunga ko`ra, O`zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  • ️Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O`zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
  • ️Standartlashtirish bo`yicha milliy organ;
  • ️davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari;
  • ️standartlashtirish bo`yicha texnik qo`mitalar.

 Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog`lig`ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.

Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin:

  • ️qisqa (1 yilgacha);
  • ️o`rta (1 yildan 5 yilgacha);
  • ️uzoq (5 yildan 10 yilgacha).

 Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish bo`yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.

Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • milliy standartlar;
  •  xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
  • xorijiy mamlakatlarning standartlari.

 

 Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 12 oy o`tgach kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar