Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro D.Yu. fuqaro I.K.ning qo`shni Qirg`iziston Respublikasi universitetidagi o`qishini tanishlari orqali O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalaridan biriga ko`chirib berishini aytib, aldov yo`li bilan 3 000 AQSh dollarini olganligi aniqlangan.
Departamentning Olot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.T. fuqaro N.A.ning qizini tanishlari orqali qo`shni Qozog`iston Respublikasidagi oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 250 AQSh dollarini hamda fuqaro A.B.ni Qozog`iston Respublikasi universitetidagi o`qishini O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalaridan biriga ko`chirib berishini aytib 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganlini aniqlangan.
Departamentning Dang`ara tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.T. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qo`qon Tibbiyot kollejiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






