Ravshan Ermatov boshchiligidagi o`zbekistonlik hakamlar brigadasi Qirg`iziston hamda Filippin terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvini boshqarib boradi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
6 sentyabr kuni bo`lib o`tadigan ushbu o`yinni boshqarishda Ermatovga qanot hakamlari - Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi.
Qirg`iziston Futbol Federasiyasi matbuot xizmatining ucharshuvni boshqaradigan hakamlar haqida bergan xabarida Ravshan Ermatovning 2010, 2014 yillarda o`tkazilgan jahon chempionatlari, 2012 yildagi Olimpiada, klublar o`rtasidagi jahon chempionati va Osiyo Kubogi kabi yirik musobaqalarda ishlagani, jahon chempionatlarida boshqargan o`yinlari soni bo`yicha rekord sohibi ekani ta`kidlanadi.
Shuningdek, Ravshan Ermatov 2015 yilda Globe Soccer Awards taqdimotida eng yaxshi hakam sifatida e`tirof etilgani xabarda alohida qayd etib o`tilgan.





