AsosiyJamiyat

Namanganda er xotinini o`ynashi bilan tutib oldi (video)

'Namanganda er xotinini o`ynashi bilan tutib oldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida erkak xotini va o`ynashini ushlab olib, qarindosh va mahalladoshlari bilan tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqda tarqatdi. 

 

Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro N.N. 19-sentyabr kuni soat 23:00 larda yashash xonadonida turmush o`rtog`i D.K. bilan M.U.ni ishqiy munosabatda bo`layotgan vaqtida ushlab olgan.

Shuningdek, 10 nafar qarindosh va mahalladoshi bilan M.U.ni arqon bilan bog`lab, holatni tasvirga olib, hech bir roziliksiz qonunga xilof ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan.

Holat yuzasidan 2022 yilning 13 oktyabr sanasida tuman sudining ochiq sud majlisi bo`lib o`tgan. Unda N.N. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblanib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, D.K.ga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari hisobida jarima jazosi tayinlangan. Fuqaro M.U.ga esa 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shu bilan birga, voqeada ishtirok etgan hamda uni tasvirga olib, tarqatgan shaxslarga ham jarima jazosi belgilanib, 5,7 va 10 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar