1

Toshkent boks bo`yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, sovrin jamg`armasi rekord miqdorda bo`ladi

Sport 08.11.2022, 11:44
Toshkent boks bo`yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, sovrin jamg`armasi rekord miqdorda bo`ladi

Kecha Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida 2023 yilgi jahon chempionati 1-14 may kunlari Toshkentda o`tkazilishi tasdiqladi. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasining rasmiy kanalida ma`lum qilindi.

"Ishonamanki, boks bo`yicha erkaklar o`rtasidagi jahon chempionati yuqori darajada o`tkaziladi va tarixdagi eng zo`rlaridan biri bo`ladi. Men O`zbekistonda bo`lganman va u erda musobaqalar qanday tashkil etilishini ko`rganman. U erdagi professionalizim va boksga bo`lgan mehr ko`p mamlakatlar uchun namuna bo`ladi. Toshkentda yangi chempionlarni ko`rishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Tarixda ilk bora bizda rekord miqdordagi mukofot jamg`armasi bo`ladi - 5,2 million AQSh dollari. Birinchi o`rin uchun 200 ming AQSh dollari, ikkinchi o`ringa 100 000 AQSh dollari, bronza medali sohiblariga esa 50 ming dollardan beriladi", - dedi IBA prezidenti Umar Kremlyov.

 

"Bu tasodifan bo`lib qolgani yo`q, O`zbekistonda uzoq yillardan beri saqlanib kelinayotgan boy boks an`analari bunga sababdir. O`zbekiston boks oilasi nomidan shuni aytishim mumkinki, mamlakatimiz boks bo`yicha erkaklar o`rtasidagi jahon chempionatini yuqori saviyada o`tkazish uchun barcha ishni qiladi", - dedi Saken Polatov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1